Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvaga uchayotgan O‘zbekiston samolyotining dvigateli ishdan chiqdi

Moskvaga uchayotgan O‘zbekiston samolyotining dvigateli ishdan chiqdi

Foto: Xabar.uz

Moskvaga uchayotgan O‘zbekiston samolyotida nosozlik chiqdi. 

Bugun, 2025 yil 15 yanvar kuni Buxoro – Moskva (Vnukovo) yo‘nalishidagi HY9607 aviaqatnovi belgilangan aeroportga qo‘nayotganda dvigatellardan biri ishdan chiqdi.

Aviakompaniya ekipaji tomonidan tegishli protseduralar bajarildi va samolyotni belgilangan aeroportga qo‘ndirishga qaror qilingan. 

Qo‘nish muvaffaqiyatli amalga oshirildi, havo kemasi bortida 132 yo‘lovchi bor. 

Uzbekistan Airways texnik xizmatlari tomonidan barcha tiklash ishlari olib borilmoqda. Amaldagi parvozlar jadvalida rejalashtirilgan keyingi aviaqatnovlar Vnukovo xalqaro aeroportiga uchib ketgan zaxira havo kemasida amalga oshiriladi, deyiladi rasmiy xabarda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring