Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Moviy gumbazlar»dagi «qirg‘in»: hokimlik izoh berdi

«Moviy gumbazlar»dagi «qirg‘in»: hokimlik izoh berdi

Kuni kecha Toshkent markazidagi «Moviy gumbazlar» xiyobonida tunda qarag‘aylar kesilgani xabar berilgandi.

Yakkasaroy tumani hokimligi matbuot xizmati holat yuzasidan izoh berdi. 

Hokimlikning iddao qilishicha, «holat yuzasidan, Yakkasaroy tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan».

O‘rganishlar natijasida, bir qator hududlarda havoning harorati keskin tushib ketishi hamda qalin qor yog‘ishi natijasida ushbu daraxtlarga ham jiddiy ziyon yetganligi aniqlandi, deyiladi xabarda.

Ekoqo‘mita esa holat yuzasidan bayonot berganicha yo‘q. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring