Mubashshir Ahmad oilasi bag‘riga qaytdi
O‘zbekistonlik islomshunos, «Azon Global» axborot tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad ozodlikka chiqdi.
2023-yilning 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 1974-y.t. Tursunov Alisher Axmadovich ( Mubashshir Ahmad ) Turkiya politsiyasi tomonidan o‘zi yashab turgan uyidan olib ketilganligini va Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportatsiya markaziga joylashtirilganligini xabar qilingandi.
Bugun 21-fevral kuni vatandoshimiz deportatsiya markazidan oilasi bag‘riga qaytgan, deyiladi Istanbuldagi konsulxona ma’lumotida.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 28-dekabr kuni u Turkiya politsiyasi tomonidan o‘zi yashab turgan uyidan olib ketilgan va Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportatsiya markaziga joylashtirilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter