Muborak tumaniga yangi hokim tasdiqlandi

Bugun Xalq deputatlari Muborak tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Aripov Akram Oromovich Muborak tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Akram Aripov Qarshi tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, biroz avvalroq sobiq hokim Ulug‘bek Ernazarov ishdan olingani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter