Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudhish jinoyat ishi yopiq sudda ko‘riladi

Mudhish jinoyat ishi yopiq sudda ko‘riladi

Joriy yilning 31 yanvar kuni Yangihayot tumanida 12 yoshli qizning o‘limida ayblanib ushlangan shaxsning ishi yopiq sud majlisida ko‘riladi.

Oliy sud matbuot xizmati xabariga ko‘ra, jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «v», «j», «z», «o» bandlari, 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi «v» bandi, 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi, 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi, 134-moddasi (qabrni tahqirlash), 137-moddasi (odam o‘g‘rilash) 3-qismi «b» bandi va 226-moddasi (ma’muriy nazorat qoidalarini buzish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan A. T. (1993 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining ish yurituviga kelib tushdi.

Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq mazkur jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, qo‘shimcha ma’lumot sud jarayoni yakuni bo‘yicha beriladi.

Avvalroq ish sudga oshirilgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring