Mudofaa vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi farmoni bilan polkovnik Shuhrat Xolmuhammedov O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergandik.
Shuhrat Xolmuhammedov bungacha O‘zbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Prezident farmoni bilan uning o‘rniga Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Oybek Ismoilov O‘zbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter