Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhammad al-Xorazmiy maktabiga mehmonlar tashrif buyurishdi (foto)

Muhammad al-Xorazmiy maktabiga mehmonlar tashrif buyurishdi (foto)

Foto: «Piimauz»

Bugun, 19-sentyabr kuni «Valday» xalqaro klubi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti vakillari Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy maktabida bo‘lib, maktab faoliyati hamda yurtimizda axborot-texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Mehmonlar Agentlik direktori Hilola Umarova hamrohligida maktabda yaratilgan imkoniyatlar, o‘quvchilar uchun tashkil etilgan shart-sharoitlar zamonaviy robotexnika xonalari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, maktab o‘quvchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida taqdimot qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 20-sentyabrida Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda «Valday» xalqaro munozara klubi hamkorligida Toshkent shahrida «Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring