Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhammadjon Obidov ishdan ketdi

Muhammadjon Obidov ishdan ketdi

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev boshqa vazifaga o‘tganidan so‘ng uning matbuot kotibi  Muhammadjon Obidov ham iste’fo berdi. Bu haqda tajribali jurnalistning o‘zi ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.

M. Obidovga ko‘ra, u  17-sentyabrdan buyon pnevmoniya kasalligi bilan shifoxonada. «...Biroz jiddiyroq keldi. O‘pkaning 45 foizi shikastlangan. Shuhrat G‘aniyevni kuzatish, Xayrullo Bozorovni tayinlash marosimida ham ishtirok etolmadim. Vrachlar yaxshi qarashyapti. Ammo o‘zgarish juda sust.

Hokimlikning Axborot xizmatini bir kun ham egasiz qoldirib bo‘lmaydi. Qolaversa, yangi hokim ish boshladi. Shuning uchun bugun bir qarorga keldim: Farg‘ona viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbarligiga iste’fo berdim. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan ilgari ham, hozir ham uchrashmaganman. Shunday bo‘lsa-da, kasalligimni inobatga olib, avval tuzalib chiqsin, yoki telefonda bir so‘zlashay demasdan, iste’foimni qabul qilibdilar. Xursand bo‘ldim», deb yozadi u.

«... Bir yil G‘aniyev bilan astoydil, fidoyilik va sadoqat bilan ishladim. Yangi tizim – Axborot xizmati imidjini ham yaratdik. Men shu davr faoliyatim bilan faxrlanaman», deya alohida qayd etadi M. Obidov.

Aytgancha,  Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmatida ist’foga chiqishi Muhammad Obidov ishsiz qolganini anglatmaydi. Viloyat hokimi matbuot kotibiligi - taniqli jurnalistning bir vaqtda ado etib kelayotgan uchta lavozimning bittasi, xolos. U ayni paytda «Farg‘ona haqiqati» gazetasi bosh muharriri va O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi rahbarligini saqlab turibdi.

Barcha bemorlar qatori tajribali hamkasbimizga O‘zi shifo bersin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring