Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muz ichida turish bo‘yicha jahon rekordi yangilandi

Muz ichida turish bo‘yicha jahon rekordi yangilandi

Foto: «Thejakartapost.com»

Avstriyalik Yozef Kyoberl muz to‘ldirilgan shisha xonada 2,5 soat turib, jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Avstriyaning ORF teleradiokompaniyasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shanba kuni Quyi Avstriyaning Melk shahrida Kyoberl inson tanasining muz bilan aloqasi davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan. Ekstremalning so‘zlariga ko‘ra, maqsadlaridan biri eriyotgan muzliklarga odamlar e’tiborini jalb qilish bo‘lsa, ikkinchisi bu bilan har bir inson o‘z imkoniyatlarini kengaytira olishini ko‘rsatib bermoqchi bo‘lgan.

«Gap salbiy ishonchlardan voz kechish, o‘zini rag‘batlantirish va, eng avvalo, o‘ziga bo‘lgan ishonch haqida ketmoqda. Sizlarga shuni yetkazmoqchi bo‘ldim», — dedi rekordchi.

Kyoberl o‘z rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi: o‘tgan yili muz ichida 2 soat 8 daqiqa 47 soniya bo‘lib, rekord o‘rnatgandi. Shunisi qiziqki, Kyoberl 2,5 soat muzli xonada bo‘lib chiqqandan so‘ng muzqaymoq yeyishni xohlayotganini aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring