Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayroqdorimiz Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi

Bayroqdorimiz Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi

O‘zbekiston delegatsiyasi g‘aznasi yana bir oltin medal bilan boyidi.

Bayroqdorimiz Muzaffarbek To‘raboyev dzyudo bo‘yicha -100 kg vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritib, ushbu Osiyo o‘yinlaridagi beshinchi oltin medalimizni keltirdi.

Hamyurtimiz qiziqarli kechgan final bahsida mo‘g‘ulistonlik Gonchigsuren Batxuyagni mag‘lubiyatga uchratdi.

Avvalroq Davlatbek Bobonov finalni boy berib, kumush medalga ega chiqqani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring