Muzrabot tumani hokimi o‘zgardi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi «Xalq so‘zi».
Tanqid va tahlil ruhida o‘tgan sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari chuqur tahlil etildi. Amaldagi islohotlar samaradorligini oshirish, barcha soha va tarmoqlar bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosini ta’minlashga doir dolzarb vazifalar belgilandi.
Shuningdek, sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Xolmurodov Jovli Normurodovich tuman xokimi vazifasidan ozod etilgan. Uning vazifasidan ozod etilishi boshqa ishga o‘tayotgani bilan izohlangan.
Tuman hokimi etib esa shu paytgacha «O‘zdonmahsulot» AJ raisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Alimov Erkin Jo‘rayevich tayinlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter