Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muzrabotda MIB xodimi yana kaltak yedi

Muzrabotda MIB xodimi yana kaltak yedi

Majburiy ijro byurosining Muzrabot tumani bo‘limi xodimlari bo‘lim ish yurituvida bo‘lgan bank foydasiga tumanning Yangi diyor mahallasida yashovchi fuqarodan 24 million 218 ming so‘m kredit qarzdorligini undirish maqsadida yashash xonadoniga borishadi. Fuqaroni ijro hujjati bilan tanishtirib, belgilangan muddatda qarzdorlikni to‘lab qo‘yishini tushuntirayotgan vaqtda shu uyning yonida “Muzrabot agro-servis 2017” MTP.ga tegishli bo‘lgan SASE 2366 rusumli kombayn turganini ko‘rib qolishadi.

Aslida bu kombayn MTPning 3 mlrd. 450 mln. so‘mlik soliq qarzdorligi uchun xatlangan va uzoq muddatdan buyon qidiruvda bo‘lgan.

Davlat ijrochilari ushbu kombayn kimga tegishli ekaniga aniqlik kiritish maqsadida texnika vositasi yoniga borib, uning kimga tegishli ekani surishtirilayotganda bir fuqaro kombaynni fermer xo‘jaligidan sotib olganini aytib, davlat ijrochilari bilan janjallashib qoladi va ulardan birining yuziga urib tan jarohati yetkazadi.

Voqea joyiga tuman prokuraturasi xodimlari kelib, holat yuzasidan hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring