Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«MYu» – «Liverpul» uchrashuvida sharmandali hisob qayd etildi

«MYu» – «Liverpul» uchrashuvida sharmandali hisob qayd etildi

Foto: «Prognozist.ru»

APL 9-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda «Manchester Yunayted» va «Liverpul» jamoalari to‘qnash kelishdi. «Qizil iblislar» milliy chempionatning so‘nggi uchta o‘yinida atigi bitta ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lishgandi, bu esa rahbariyatni qoniqtirmayotgandi. Yaqinda Chempionlar ligasida «Atalanta» ustidan irodali g‘alaba qozonishdi, ammo chempionatda vaziyatni hali ham yaxshi deb bo‘lmaydi. «Liverpul» esa hozir ajoyib formada, chunki bu mavsumda Premer-ligada biror marta ham yutqazmadi. Yurgen Klopp jamoasi mag‘lubiyatsiz ajoyib yurishini davom ettirish uchun «Old Trafford»ga tashrif buyurgandi.

«Old Trafford»dagi uchrashuvda Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari sharmandali hisobda yutqazishdi. 5-daqiqadayoq Keyta hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘lim yakuniga qadar Jota farqni ikkitaga, Saloh esa dubl evaziga hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi – 0:4.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa zaxiradan maydonga tushgan Pogbaning xatosidan keyin Saloh het-trikni qayd etdi – 0:5.

10 daqiqa o‘tib, Pol Keytaga nisbatan qo‘polligi tufayli qizil kartochkaga loyiq ko‘rilib, jamoasini yanada og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Shunga qaramay, Pogbaning maydonda yo‘qligi hisobga boshqa ta’sir qilmadi.

Klopp shogirdlari azaliy raqibi ustidan erishilgan o‘ta yirik hisobdagi g‘alaba evaziga ochkolari sonini 21taga yetkazib, 2-o‘rinda qolishdi. «MYu» esa sharmandali mag‘lubiyatdan keyin 14 ochko bilan 7-pog‘onaga pastladi.

APL. 9-tur

Manchester Yunayted – Liverpul 0:5

Gollar: 0:1 – 5 Keyta, 0:2 – 13 Diogu Jota, 0:3 – 38 Saloh, 0:4 – 45 Saloh, 0:5 – 50 Saloh.

Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, Shou, Fred, Brunu Fernandesh (Kavani, 62), Maktomini, Ronaldu, Reshford (Diogu Dalot, 62), Grinvud (Pogba, 46).

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Robertson, Milner (Djons, 27), Xenderson, Keyta (Oksleyd-Chemberlen, 64), Firmino, Saloh, Diogu Jota.

Ogohlantirishlar: Shou (41), Ronaldu (45), Fred (45), Brunu Fernandesh (46), Maguayr (55).

Chetlatish: Pogba (60).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring