Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Lacetti» xandaqqa tushib ketdi. Jabrlanganlar bor

«Lacetti» xandaqqa tushib ketdi. Jabrlanganlar bor

Bugun, 10 aprel kuni ertalab «Toshkent –   O‘sh» xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi 216-kilometrida yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Toshkent tomon ketayotgan «Lacetti» haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida avtomobil xandaqqa tushib ketgan.

Zudlik bilan voqea joyiga FVV «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari yetib kelgan. Qisqa vaqt mobaynida mashina xandaqdan olib chiqilgan.

Hodisa vaqtida mashinada ikki kishi bo‘lib, ular jarohat olishdi. Jarohatlanganlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 YTH oqibatlarini bartaraf etish jarayonida dovonda avtomobillar harakati to‘xtatilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring