Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmazordagi omborxonada vodorod peroksidi ochiq havoga sizib chiqdi — FVV

Olmazordagi omborxonada vodorod peroksidi ochiq havoga sizib chiqdi — FVV

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda «Olmazor tumanida ximikat baza portlabdi», «Olmazor tumanida zaharli gaz tarqalmoqda» mazmunidagi videoxabarlar tarqaldi. Ko‘p o‘tmay Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqea yuzasidan rasman munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahar FVBga Olmazor tumani, Uzumbog‘ ko‘chasida havodan oltin gugurt hidi kelayotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, zudlik bilan Toshkent shahar FVBning Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya bo‘limlari aytilgan manzilga yetib borgan.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, omborxonada joylashgan sig‘imdan perekis vodorod (vodorod peroksidi — tahr.) moddasi ochiq havoga sizib chiqishi kuzatilgan, hozirda FVV tomonidan ushbu holatni  bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Vaziyat to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, barcha tegishli xizmatlar voqea joyida hamkorlikda ish olib bormoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlar tekshiruv yakunlangach taqdim etiladi, deyiladi xabarda.

To‘ldirilgan xabar!

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, Toshkent shahar FVB Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya bo‘limlari tomonidan Olmazor tumanidagi holat soat 04:00 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring