Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev Tataristonda «Tatneft» kompaniyasi Bosh direktori Nail Maganov bilan uchrashdi (Foto)

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev Tataristonda «Tatneft» kompaniyasi Bosh direktori Nail Maganov bilan uchrashdi (Foto)

Tataristonning Qozon shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Tatariston neft va gaz-kimyo forumi–2021» doirasida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev «Tatneft» kompaniyasi Bosh direktori Nail Maganov bilan uchrashib, neft ishlab chiqarish, neft-kimyo sohasidagi hamkorlik borasida muzokara o‘tkazdi.

Ushbu uchrashuv Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minixonovning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi (joriy yilning 16-17 iyun kunlari), shuningdek, «O‘zbekneftgaz» AJ delegatsiyasining Tatariston Respublikasiga tashrifi davomida (2021 yil 23-26 iyun kunlari) belgilangan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida o‘tkazildi.

Boshqaruv raisi «O‘zbekneftgaz» AJ mutaxassislarining malakasini oshirish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini yaratish va kichik tonnali gaz kimyosi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha imzolangan «Yo‘l xaritasi» doirasidagi masalalar muhokamasiga e’tibor qaratdi.

Bundan tashqari, geologik-qidiruv, quduqlarni qayta ishlash, quduqlarni burg‘ilash, kadrlar tayyorlash, ishlab chiqarish masalalari ham muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, «Tatneft» kompaniyasi–neft va gaz qazib olish, neftni qayta ishlash, neft-kimyo, shinalar majmuasi, yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i, energetika, ishlab chiqarish borasida nafaqat Rossidagi, balki jahondagi yirik neft kompaniyalaridan biridir.

«O‘zbekneftgaz» AJ va «Tatneft» kompaniyasi ko‘p yillik hamkorlik tajribasiga ega bo‘lib, yillar davomida bir qancha o‘zaro manfaatli loyihalar amalga oshirilgan.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar ikki kompaniya o‘rtasidagi hamkorlik sohalarining ahamiyati va dolzarbligini qayd etishdi. Boshqaruvchilar har bir loyiha strategik ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

Do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad nafaqat kompaniyalar, balki butun mintaqa va mamlakat ishlab chiqarish sanoatida ijobiy natijalarga birgalikda erishish ekanligi bildirildi.

Kompaniyalarning mas’ul mutaxassislari va «O‘zbekneftgaz» AJ va «Tatneft» kompaniyasi doimiy qo‘shma «Ishchi guruh»ining maslahatlashuvlaridan so‘ng, birgalikda ishlash va o‘zaro manfaatli loyihalarning qamrab olgan kengaytirilgan «Yo‘l xaritasi» tasdiqlanadi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring