Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan «qizil hudud»ga kiritildi. Karantin davom etadi

Namangan «qizil hudud»ga kiritildi. Karantin davom etadi

5 may kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda mamlakatdagi epidemiologik holatdan kelib chiqib, karantin qoidalari bosqichma-bosqich yumshatilishi bildirildi. Shuningdek, viloyat, tumanlar va shaharlar «qizil» (yuqori xavfli), «sariq» (o‘rta xavfli) va «yashil» (xavfsiz) hududlarga ajratilishi belgilandi.

Namangan mavjud epidemiologik vaziyat tufayli «qizil», ya’ni yuqori xavfli hududga kiritildi. Chunki viloyat bo‘yicha 6 may kuniga qadar 230 nafar shaxs koronavirus infeksiyasiga chalingani aniqlangan va Namangan bu ko‘rsatkich bo‘yicha respublikada Toshkent shahri (668 nafar bemor), Buxoro viloyati (435) va Xorazm viloyatidan (232) keyingi to‘rtinchi o‘rinda turibdi. Koronavirusdan o‘lim holati bo‘yicha esa (4 ta) Namangan poytaxt Toshkentdan so‘ng (5 ta) ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.

Viloyatdagi koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlarining aksariyat qismi Namangan shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bois shaharda joriy etilgan cheklovlar, jumladan, avtomobillarda maxsus stikerlarsiz faqat ma’lum soatlarda harakatlanish bo‘yicha talablar o‘z kuchida qoladi. Namangan epidemiologik jihatdan «qizil» (yuqori xavfli) hududga kirishi e’tiborga olinib, karantin qoidalari hozircha yumshatilmaydi.

Fuqarolardan karantin qoidalariga qat’iy amal qilish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam Samarqand ham «qizil hudud»ga kiritilgani va karantin choralari davom etishi xabar qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring