Namangan shahrida «Neksiya-2» yonib ketdi
Joriy yilning 13-mart kuni soat 18:30larda, Namangan shahar, Davlatobod tumani, I.Karimov ko‘chasida, haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan F.I. boshqaruvidagi «Neksiya-2» rusumli avtomobilda qisqa tutashuv yuzaga kelib yong‘inga aylangan. Haydovchi zudlik bilan avtomobilni yo‘l chetiga to‘xtatgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Avtomobilning salon qismi yong‘indan zararlangan.
Mazkur hodisa yuzasidan Namangan shahar IIO FMB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
«Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter