Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari og‘ir xastalikdan vafot etdi

Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari og‘ir xastalikdan vafot etdi

Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Bahromjon Nurmatov 7-oktyabr kuni Toshkent shahridagi klinikalardan birida og‘ir xastalikdan vafot etgan. Bu haqda viloyat hokimligiga asoslanib, Kun.uz xabar berdi.

Bahromjon Nurmatov 1964-yilda Namangan viloyatining Namangan tumanida tug‘ilgandi. 1986-yilda Toshkent politexnika instituti, 2000-yilda prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini 1986-yili To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 148-xo‘jaliklararo mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonnada ustalikdan boshlagandi.

2009–2016-yillarda Uchqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan. 

2016–2017-yillarda yana viloyat hokimligining Yagona buyurtmachi- injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlagan.

2017-yildan hozirga qadar Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring