Namanganda 14 asrlik qo‘lyozma kitob va tangalar topildi (foto)

Axsikentda VIII asrga oid 27 ta noyob qo‘lyozma hamda aynan shu asrga oid Abbosiylar zarb etgan 68 ta tanga topildi.
Topilmalar Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasi fondiga topshirilgan.
– VIII asrga oid Abbosiylar hukmronligi davridagi kumush tangalar ham arab yozuvidagi bejirim xatga ega. Qo‘lyozma kitobda handasa, riyoziyot, ilmi nujum, tibbiyotga oid qimmatli ma’lumotlar bor. Ular orasida Somoniy va Qoraxoniy hukmdorlar davrida hamda 1667-1670 yillarda Shvetsiya, 1836 yilda Buyuk Britaniyada chiqarilgan tangalar mavjud, – deydi arxeopark direktori Anvar Ikrom.
Ilk kumush tangalar miloddan avvalgi III asrda chiqarilgan. Uning yuza qismi – aversiga podshoning surati, orqa tomoni – reversiga esa har xil xudolar, muqaddas hayvonlar tasviri solingan yoki podsholarning nomi yozilib, tamg‘asi tushirilgan.
Axsikent kompleks ekspeditsiyasi Axsida Umarshayx Mirzoning rezidensiyasi o‘rni – Yakkayigit bog‘ida qazishma ishlarini boshlaganlar. Topilmalar keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter