Namanganda hibsda saqlanayotgan ayol vafot etdi
2019-yil 22-oktyabr kuni soat 02:30lar chamasida Namangan viloyati IIB 6-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkuma Shoxista M. (1976 y.t.) o‘zi saqlanayotgan hibsxona kamerasida to‘satdan salomatligi yomonlashib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov o‘z kanalida xabar qildi.
Mahkum avval sudning hukmiga ko‘ra, JKning 168 va boshqa moddalar bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va mazkur sud hukmidan norozi bo‘lib apellyasiya shikoyat yozgan bo‘lgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida, mahkuma Shoxista M.ning o‘limi «yurakning kamqonlik kasalligi, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi natijasida kelib chiqqanligi, marhumada tan jarohatlari aniqlanmaganligi» ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter