Namanganda kredit qarzdorligi uchun to‘yxona xatlandi

Namangan shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan «M.P.» MChJ tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida katta miqdordagi kredit oladi. Biroq, mablag‘ni olib, to‘lovlarni qaytarish majburiyati bajarilmaydi. Natijada bank da’vo bilan sudga murojaat qilib, qarzdorlikni qaytarish bo‘yicha yakuniy qaror chiqadi.
Ijro hujjatiga ko‘ra undiruvchi «Trastbank» ATB foydasiga qarzdor MChJ dan 1 mlrd 113 mln so‘m kredit qarzdorlikni undirilishi belgilangan.
Shuningdek, undiruv garovdagi to‘yxonaga qaratilishi ko‘zda tutilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida Byuroning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan garovdagi to‘yxona bino-inshootlari xatlab qo‘yildi.
Hozirda to‘yxonani baholash va auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter