Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda MIB xodimlari kaltaklandi

Namanganda MIB xodimlari kaltaklandi

Majburiy ijro byurosi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi davlat ijrochisi va qorovulini fuqaro mast holatda do‘pposlab, ularga tan jarohati yetkazgan. Ayni paytda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Aniqlanishicha, MIB xodimi fuqaro B.U. ga 23 aprel kuni qo‘ng‘iroq qilib, ish yurituvida bo‘lgan 4 ta, jami 957 075 so‘m ma’muriy jarimani to‘lashni so‘ragan. Shundan so‘ng, 25 aprel kuni fuqaro B.U davlat ijrochisiga telefon qilib, ma’muriy jarimalar yuzasidan tuzilgan bayonnomalardan nusxa berishni so‘ragan va shu kuni kech soat 20:45 larda mast holatda MIB bo‘limiga borgan.

Ish vaqti tugagani aytilganiga qaramay, fuqaro bo‘lim nazorat o‘tkazish joyida qorovul bilan tortishib qolgan va uning yuziga musht tushirgan. Shu orada ularni ajratmoqchi bo‘lgan davlat ijrochisi ham kaltak yegan.

O‘tkazilgan tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, davlat ijrochisi va qorovulga bosh miya yopiq shikasti, bosh miya chayqalishi, burun suyagining yopiq sinishi, ensa sohasi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi jarohati tashxisi qo‘yilgan.

Tuman prokuraturasi tomonidan B.U. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring