Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda odamlar yo‘lni to‘sib harakatlangani videosiga rasmiy izoh berildi

Namanganda odamlar yo‘lni to‘sib harakatlangani videosiga rasmiy izoh berildi

Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda tunda minga yaqin fuqarolar yo‘lni to‘sib harakatlangani aks etgan videolavha tarqaldi. Viloyat IIB holatga izoh berdi.

Aniqlanishicha, 2021 yilning 31 dekabr kuni bayram tadbirlari munosabati bilan Namangan shahrining «Afsonalar vodiysi» istirohat bog‘iga viloyatning barcha tumanlaridan 1000 nafarga yaqin fuqaro tashrif buyurib, bog‘ga o‘rnatilgan archa atrofida to‘planishgan.

Bog‘ga jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 253 nafar xavfsizlik xizmati xodimi jalb qilingan.

Jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan HMQO xodimlari tomonidan fuqarolar tarqatilayotgan holat internet tarmoqlarida namoyish qilingan.

Qayd etilishicha, shu kuni viloyat hududida norozilik chiqishlari va namoyishlar hamda ko‘ngilsiz holatlar sodir etilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring