Namanganda ona va bola is gazidan vafot etdi

2018-yil 26-dekabrga o‘tar kechasi Namangan shahar «Haqiqat» MFYda yashagan G.M. (ismli ayol) uyida o‘g‘li bilan birga gaz plitasini yoqib uxlab qolgan, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Natijada gaz plitasi o‘chib yonishi oqibatida undan sizib chiqqan tabiiy gazdan ikkisi ham zaharlangan va voqea joyida vafot etgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter