Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda o‘smir yigit sevgan qizini rashk qilib og‘ir jinoyatga qo‘l urdi

Namanganda o‘smir yigit sevgan qizini rashk qilib og‘ir jinoyatga qo‘l urdi

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Jinoyat ishi hujjatlariga ko‘ra, voyaga yetmagan (16 yoshli) Xamidullo R. 2020-yilning 7-noyabr kuni soat 22:30 larda Namangan shahar «Sohil» MFY hududida maktabdoshi, voyaga yetmagan (17 yoshli) G‘iyosiddin N. bilan «Nega meni yaxshi ko‘rgan qizimga SMS jo‘natding» deb, o‘zaro janjallashib, uni qorin sohasiga pichoq bilan bir marotaba qasddan urib, tan jarohati yetkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Hodisa sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan yetib borgan tergov-tezkor guruhi, joyni ko‘zdan kechirib, Bodomzor ko‘chasidan oqib o‘tuvchi ariq bo‘yidan  tan jarohati yetkazishda foydalangan bir dona yog‘och sopli oshxona pichog‘i hamda hodisa joydagi qon dog‘lariga o‘xshash dog‘larni aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tibbiy ma’lumotnomaga ko‘ra, jabrlanuvchining badanida qorindagi sanchilgan, kesilgan tarzidagi jarohati bo‘lib, charvi inventarizatsiyasi, jarohatidan qon sizib chiqishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro Xamidullo R. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Biroq, joriy yilning 9 noyabr kuni ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan jabrlanuvchi kasalxonaning jonlantirish bo‘limida olgan og‘ir tan jarohati oqibatida vafot etgan.

Hozirda Xamidullo R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi «D» bandi bilan ayblov e’lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, natijasi haqida qo‘shimcha axborot berilishi ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring