Namanganda salkam 7 tonnalik sumalak tayyorlandi (foto)
Sumalakni tayyorlash uchun tanlov asosida 30 ta tajribali ayol oshpazlar saralab olindi. Ularning barchasi jiddiy tibbiy ko‘rikdan ham o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Namnews.uz».
Namanganda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan «Sumalak sayli» II turizm va milliy qadriyatlar festivali ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
Viloyat markazidagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida tashkil etilgan bayram festivali doirasida ulkan qozonda 6 tonnalik rekord-sumalak tayyorlandi.
Sumalak tayyor bo‘lgach maxsus texnika yordamida uning og‘irligi o‘lchandi: bu yilgi rekord-sumalakning sof og‘irligi 6 tonna 920 kilogrammga teng bo‘ldi. Bu 80 kg. kam 7 tonna demak!
21-mart tongida yaxshi niyatlar bildirilib, nuroniylar duosi bilan qozon o‘ramasi ochildi. Sumalakning asosiy qismi viloyatdagi mehribonlik, saxovat uylari, shifoxonalar va mehr-muruvvatga ehtiyojmand oilalarga yetkazildi. Shuningdek, turistlar va viloyat ahli ham bahoriy taomdan bahramand bo‘lishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter