Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda sobiq imom-xatib hibsga olindi: u qator moliyaviy jinoyatlarda gumonlanyapti

Namanganda sobiq imom-xatib hibsga olindi: u qator moliyaviy jinoyatlarda gumonlanyapti

Ayrim manbalar jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Pop tuman sudi sobiq imom-xatib Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li Ismoilovning hibsga olingani haqida yozmoqda.

Oliy sud matbuot xizmati mazkur ma’lumotni tasdiqlab, O.I. (1977-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, «Rayxon oilaviy milliy taomlari» ta’sischisi, muqaddam sudlangan) va boshqalarga (jami 6 kishi) nisbatan Jinoyat kodeksining 167, 179, 184, 189, 28,209, 209, 227, 228-moddalari bilan ayblov qo‘yilganini, ularga oid jinoyat ishi ayni paytda jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudida ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilayotganini xabar qildi.

Sudlanuvchi O.I. va yana 4 nafar shaxsga «qamoqqa olish», 1 nafar shaxsga esa «garov» tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Ma’lumot uchun, Odil qori Yunusxon o‘g‘li Toshkentdagi «Shayx Zayniddin» (Ko‘kcha), «Firdavs» va «Xo‘ja Alambardor» (Kamolon) masjidlarida imom xatiblik qilgan. Shuningdek, u bir muddat «Vaqf» fondi rahbariyatida ishlagan.

Oliy sud matbuot xizmati jinoiy ish sobiq imomning qaysi faoliyati bilan bog‘liq ekaniga aniqlik kiritmagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring