Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda «terrorchilarni yo‘q qilish» operatsiyasi o‘tkaziladi

Namanganda «terrorchilarni yo‘q qilish» operatsiyasi o‘tkaziladi

Foto: Mudofaa vazirligi

16-21-sentyabr kunlari «Markaz – 2019» yirik masshtabdagi strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar qilmoqda.

Mashg‘ulotlarda yetti mamlakat – Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning harbiy kontingenti qatnashadi.

Mashqlarning birinchi bosqichi O‘zbekistonda — Namangan viloyatida joylashgan «G‘urumsaroy» poligonida o‘tkaziladi.

Bunda O‘zbekiston va Tojikiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari «Markaz – 2019» yirik masshtabdagi strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari doirasida hamkorlikdagi qo‘shma mashg‘ulotlarni o‘tkazadi. 

Besh kun davom etadigan mashg‘ulotlarda Tojikiston Qurolli Kuchlaridan ikki yuzga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etadi, shuningdek, O‘zbekiston Mudofaa vazirligining bir qator bo‘linmalari va harbiy boshqaruv organlarining harbiy xizmatchilari qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Namangan viloyatining turli hududlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar davomida shartli terrorchilar yo‘q qilinishi rejalashtirilgan. O‘quv mashg‘ulotlarining ikkinchi bosqichida esa O‘zbekiston va Tojikiston Qurolli Kuchlari harbiy kontingenti hamkorlikdagi harakatlarini Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatida joylashgan «Donguz» poligonida amalda qo‘llashi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring