Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganlik o‘quvchi AQShning nufuzli universitetidan 40 ming dollarlik grantni yutdi

Namanganlik o‘quvchi AQShning nufuzli universitetidan 40 ming dollarlik grantni yutdi

Namangan viloyatining Chust tumanidagi 7-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Sarvarbek Usmonov AQShning Oregon State Universityning 40 000 dollarlik grantini qo‘lga kiritdi. Bu haqda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Sarvarbek o‘z tengdoshlari orasida muddatidan avval jahonning nufuzli oliygohlariga qabul qilingan o‘quvchilardan biri bo‘ldi. U Oregon State University hamda University of South Florida universitetlarining Computer Sciencye yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilindi.

Sarvarbek maktabda barcha fanlardan a’lo baholarga o‘qish bilan birgalikda ingliz tili va informatika fanlarini puxta o‘zlashtirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring