Namanganlik otaxon rekord jarimani «ishlab oldi»

Namangan viloyatida «Gentra» rusumli avtotransport vositasida 82 marotaba yo‘l harakatlari qoidalarini buzgan otaxonning mashinasi xatlandi.
Mazkur haydovchi qoidalarni qo‘pol ravishda buzgani yetmaganidek, ularni o‘z vaqtida to‘lashni ham unutgan va transport vositasini yashirib qo‘ygan.
Jarimalar esa, asosan tezlikni oshirish, to‘xtash qoidalariga rioya qilmaslik, yo‘l belgilariga e’tiborsizlik...
Qoidabuzar otaxonning yo‘llardagi «harakati» cheklandi – avtomashina MIB Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan jarima maydoniga joylashtirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter