Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Namunali xavfsiz ko‘cha» va «namunali xavfsiz uy» tashkil etishga oid talablar belgilandi

«Namunali xavfsiz ko‘cha» va «namunali xavfsiz uy» tashkil etishga oid talablar belgilandi

Foto: Xabar.uz

«Kriminogen vaziyati murakkab va og‘ir mahallalarda «namunali xavfsiz ko‘cha»va «namunali xavfsiz uy» tashkil etish» bo‘yicha namunaviy talablar tasdiqlandi.

«Namunali xavfsiz ko‘cha» va «namunali xavfsiz uy»tashkil etishga oid infratuzilmaviy talablar quyidagilar:

  • tungi vaqtda ko‘chaning aholi istiqomat qiladigan va harakatlanadigan qismi to‘liq yoritilishi;
  • berk ko‘chalar, ichki yo‘laklar va aholi kam yuradigan, jinoyat sodir etilishi ehtimoli bo‘lgan qorong‘u hududlarning qisman yoritilishi;
  • transport vositalari uchun avtoturargohlarning texnik kuzatuv talablariga javob berishi;
  • ko‘chalarda noqonuniy (yoyma) savdo rastalari faoliyati tartibga solinishi;
  • qarovsiz yerto‘la, chordoq va chiqindixonalar mavjud bo‘lmasligi.

Og‘ir mahallalarda «namunali xavfsiz ko‘cha» va «namunali xavfsiz uy»lar tashkil qilish bo‘yicha aniq vazifalar har chorak va har oyda mahalla, tuman va viloyat darajasida ishlab chiqiladigan «yo‘l xaritalar»ga manzilli kiritiladi.

«Mahalla yettiligi» tomonidan «namunali xavfsiz ko‘cha» va «namunali xavfsiz uy»larning boshlanish va tugash nuqtalariga ushbu ijtimoiy maqomni bildiradigan stikerlar o‘rnatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring