Narxi eng tez tushib ketuvchi avtomobillar (top-10)

BMW 7 Series.
Britaniyaning Express nashri qiymatini eng tez yo‘qotuvchi avtomobillar antireytingini tuzdi.
Tadqiqot olinganiga besh yil bo‘lgan mashinalarni qamrab olib, o‘tgan davrda ularning narxi qancha pasaygani tahlil qilindi. Avtomobillar besh yilda o‘rtacha 20 foiz qiymatini yo‘qotadi, ammo ba’zi ulovlar qiymatidagi yo‘qotish hatto 60 foizgacha yetishi mumkin, deyiladi tadqiqotda.
Besh yil mobaynida 65,43 foiz qiymatini yo‘qotgan BMW 7 Series sedani — pul tikish uchun eng nobop mashina deb topildi. Mutlaq raqamlarda yo‘qotish — 73 200 yevro. Ikkinchi o‘rinda — Tesla Model S (-64,22 foiz), uchinchi — Audi A6 (-64,2 foiz).

Foto: Tesla
Bugungi kunning eng tez qiymatini yo‘qotuvchi avtomobillari (top-10):
- BMW 7 Series — boshlang‘ich qiymatga nisbatan besh yilda yo‘qotish — 65,43 foiz
- Tesla Model S — 64,22 foiz
- Audi A6 — 64,20 foiz
- Nissan Leaf — 60,39 foiz
- Tesla Model Y — 58,46 foiz
- Chevrolet Bolt EV — 57,80 foiz
- Tesla Model 3 — 50,41 foiz
- Jeep Grand Cherokee — 48,88 foiz
- Mercedes Benz E-Class — 47,77 foiz
- Ford Escape/Kuga — 47,49 foiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter