Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Natasha» va 700 hindistonlik. Salkam o‘n yillik firib fosh etildi

«Natasha» va 700 hindistonlik. Salkam o‘n yillik firib fosh etildi

Illyustrativ foto

Foydalanuvchilarga mobil ilovalar yaratishda yordam berib kelgan «Natasha» neyrotarmog‘i fosh etildi, hech qanday sun’iy intellektning unga aloqasi yo‘q, o‘rniga yuzlab hind dasturchilari ishlatilgan.

Britaniyaning sun’iy intellektga asoslangan Builder܂AI startapiga 2016-yilda ikki hind tadbirkori asos solgan. Natasha AI — shu kompaniyaning chat-boti. Startap faoliyati davomida $480 milliondan ziyod sarmoya jalb eta oldi, shunchalik ishonchni qozongandiki, SoftBank, Insight Partners va Microsoft kabi sanoat gigantlari unga pul tikkandi. 2018-yilda kompaniya $1,5 milliardga baholanib, IT-bozor «yakkashoxi»ga aylandi hamda sun’iy intellekt sohasidagi eng umidli loyihalardan biri sifatida qarala boshlandi.

Financial Times gazetasi aniqlik kiritishicha, shu o‘tgan yillar davomida generativ sun’iy intellekt o‘rniga kodni Hindistondagi 700 nafar dasturchi qo‘lda yozib kelgan. «Natasha» chat-botidan foydalanuvchilar ilovalarni ishga tushirishda tinmay muammolarga yo‘liqishlari ham loyihaning salkam 10 yil ishlashiga xalaqit bera olmadi.

Illyustrativ foto

Kecha kreditor uning hisobidan 37 mln dollarni qaytarib olganidan so‘ng, startap o‘zini bankrot deb e’lon qildi. Kompaniya rahbariyati moliyaviy ko‘rsatkichlarni soxtalashtirishda ham gumon qilinyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring