NATO eng qisqa va qimmat sammitini o‘tkazadi

Shimoliy Atlantika mamlakatlari alyansining tarixdagi eng qisqa sammiti Gaagada o‘tkaziladi, deb xabar berdi Times.
«NATOning ushbu sammiti shaxsiy muzokaralar tomonlama eng qisqa, ammo eng qimmat sammitga aylanadi», — deyiladi xabarda.
Sammitning asosiy tadbirlari — alyans mamlakatlari yetakchilari sessiyasi 2,5 soat davom etadi, unga 183 mln yevro sarflanadi, har daqiqasi taxminan bir million yevroga tushadi.
Sessiyaning qimmatligi NATO Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp bilan qarashlardagi ziddiyat kuchayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka intilayotgani bilan izohlanadi.
Sammit 24–25-iyun kunlari Gaaga (Niderlandiya)da o‘tkaziladi. Asosiy mavzular — tiyib turish va mudofaa. Uchrashuvdan bosh maqsad — a’zo davlatlarni o‘z mudofaa xarajatlarini YIMning 5 foizigacha yetkazishga undash, shundan 3,5 foizi bevosita harbiy moliyalashtirishga, 1,5 foizi yordamchi moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter