NATO Finlyandiya va Shvetsiyani alyansga rasman taklif qildi
NATOning Madrid sammitida bugun, 29-iyun kuni alyansning yangi strategik konsepsiyasi qabul qilindi.
Finlyandiya va Shvetsiya alyansga a’zo bo‘lish uchun rasman taklif etildi.
Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha bu ikki mamlakatning alyansga a’zoligiga qarshilik ko‘rsatib kelgan Turkiya, uzoq muzokaralar va ularning natijalaridan so‘ng, nihoyat, rozilik berdi.
Yangi konsepsiyada Xitoy haqida ham gap boradi: bu mamlakat NATOning manfaatlari, xavfsizligi va qadriyatlariga talab solib, qoidalarga asoslangan xalqaro tartibni buzishga intilmoqda, deyiladi.
NATO Ukrainaga yordamni kuchaytirishini va uning mudofaa sektorini zamonaviylashtirishda ko‘maklashishini ham ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter