Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NATOning besh mamlakati Yevropada «temir parda» o‘rnatmoqchi

NATOning besh mamlakati Yevropada «temir parda» o‘rnatmoqchi

Illyustrativ foto

NATOning ayrim mamlakatlari Rossiya bilan chegaralarini minalashtirib, Yevropada «temir parda» o‘rnatmoqchi. Bular: Litva, Latviya, Estoniya, Polsha va Finlyandiya.

Ushbu mamlakatlar piyodalarga qarshi minalarni taqiqlovchi Ottava konvensiyasidan chiqishga qaror qilgan.

«Temir parda» Finlyandiyaning olis shimolidagi Laplandiyadan boshlanib, Polsha sharqidagi Lyublin voyevodligi hududigacha davom etadi. Bu hududdagi sokin o‘rmonlarga millionlab minalar o‘rnatilishi mumkin. Yuqoridagi davlatlar harbiy strateglari minalashtirish talab etiladigan hududlarni muhokama qilishni boshlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring