Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navalniy o‘rnidan turishga muvaffaq bo‘ldi

Navalniy o‘rnidan turishga muvaffaq bo‘ldi

Foto: «Mk.ru»

Aleksey Navalniy karavotdan mustaqil turishga muvaffaq bo‘ldi. U sun’iy o‘pka ventilyasiyasi apparatidan butunlay uzib qo‘yilgan. O‘zi biroz yura oladi. Bu haqda Berlindagi Navalniy davolanayotgan «Sharite» klinikasi rasman xabar bergan.

Saytda chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Navalniyning ahvoli yaxshilanmoqda.

«Bemor sun’iy o‘pka ventilyasiyasi apparatidan butunlay uzib qo‘yilgan. U ancha harakat qilyapti. Koykasini ham vaqtincha tark etishi mumkin», — deb xabar berdi klinika vakili. Ular, shuningdek, davolash jarayoni haqidagi barcha ma’lumotlar Aleksey va rafiqasi Yuliyaning roziligi bilan tarqatilishi mumkinligini ma’lum qilishgan.

Navalniy 22-avgustdan beri «Sharite»da muolaja olmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring