«Siz tomon yo‘l oldik». Navbatdagi manzil – Navoiy viloyati!
Joriy yilning 10-11-noyabr kunlari Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari Navoiy viloyati bo‘ylab aholi va keng jamoatchilik vakillari uchun elektron davlat xizmatlari hamda my.gov.uz (YaIDXP)dan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlarini o‘tkazishadi.
Ma’lum qilinishicha, o‘quv seminarlari quyidagi manzillarda tashkil etiladi:
- Navoiy shahri
- Karmana tumani
- Qiziltepa tumani
- Xatirchi tumani
- Nurota tumani
- Navbahor tumani
«O‘quv mashg‘ulotlari ochiq, barchani seminarlarimizga taklif etamiz! Bog‘lanish uchun telefon raqamlari: +998 55 501 36 16, +998 95 222 22 38», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, «Siz tomon yo‘l oldik» loyihasi avvalroq Sirdaryo, Toshkent viloyati, Xorazm boshqa hududlarda ham tashkil etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter