Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy, Samarqand va Buxoroni birlashtirgan yangi turizm halqasi tashkil etildi

Navoiy, Samarqand va Buxoroni birlashtirgan yangi turizm halqasi tashkil etildi

So‘nggi yillarda sayyohlar tomonidan yangi turizm ob’yektlarini kashf etish va noodatiy joylarga sayohatlarni amalga oshirishga qiziqish ortib borayotganligi kuzatilmoqda.

Turizm qo‘mitasi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda turizm turlarini diversifikatsiya qilish va sayyohlar qolish muddatini uzaytirish maqsadida Buyuk Ipak yo‘lining «Zarafshon – Qoraqum yo‘lagi» bo‘yicha yangi turizm marshrutini o‘z ichiga olgan Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatining turizm halqasi ishlab chiqildi.

Hozirgi kunda ushbu turizm halqasidagi ob’yektlar sayyohlarni qabul qilishga tayyorlandi va Buyuk Ipak yo‘lining «Zarafshon – Qoraqum yo‘lagi» turistik marshruti nomi ostida ishga tushirilganligi munosabati bilan, sayyohlarga qulayliklar yaratish va sayohat dasturlarini ishlab chiqishda yuqoridagi turistik marshrut bo‘ylab sayohatlarini tashkil etish tavsiya etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring