Navoiyda 26 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan «zapravka» fosh etildi

«O‘zenergoinspeksiya» viloyat tegishli organlari bilan o‘tkazgan o‘tkazgan nazorat tadbirida Navbahor tumanida joylashgan «S. A. S.» MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Xususan, ushbu AGTKShda gaz sarfini o‘lchash kompleksiga o‘rnatilgan qurilmaning kirish-chiqish qismidagi gaz jo‘mraklariga davlat standart talablariga zid ravishda noma’lum jism joylashtirilib, hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 26 milliard 27 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter