Navoiyda erkak o‘zini shifoxona binosidan tashlab vafot etdi
![Navoiyda erkak o‘zini shifoxona binosidan tashlab vafot etdi](http://static.xabar.uz/crop/6/5/720_460_95_652728158.jpg)
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiyda erkak markaziy poliklinika binosi 3-qavatidan o‘zini tashlab yuborganligi haqida videoxabar tarqaldi.
Bosh prokuratura bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea haqiqatda Navoiy shahrida sodir bo‘lgan va hozirda tergov-tezkor guruhi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilmoqda.
Shuningdek, sodir etilgan hodisaning sabablari aniqlanyapti.
«Natijalari haqida keng jamoatchilikka batafsil ma’lumotlar e’lon qilinadi», – deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter