Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda «Lacetti» opa-singillarni urib yubordi, ulardan biri komada

Navoiyda «Lacetti» opa-singillarni urib yubordi, ulardan biri komada

Videodan kadr.

Navoiy shahri markaziy ko‘chalaridan biridan yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan «Lacetti» avtomashinasi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan opa-singillarni urib yubordi.

Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat IIB JXX YHXB Axborot xizmati boshlig‘i Farrux Yakubov xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 15-noyabr kuni taxminan soat 17:50 larda Navoiy shahridagi Imom al-Buxoriy ko‘chasidan harakatlanib kelayotgan 35 yoshli «Lacetti» haydovchisi X.A. piyodalar o‘tish yo‘lagini kesib o‘tayotgan A.A. va B.A. ismli ayollarni urib yuborgan. Har ikki ayol ham avtomashinaning old qismiga zarb bilan urilib, uchib tushgan. Ikki ayol ham og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Shok va og‘ir ahvoldagi bemorlar opa-singillar ekani aniqlangan. Ayni paytda ulardan biri koma holatida. Bemorlarni operatsiyaga tayyorlash uchun muolajalar davom etmoqda.

«Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limidan tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan», —dedi Farrux Yakubov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring