Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda o‘qituvchilarga 106 million so‘m maosh to‘lanmagani aniqlandi

Navoiyda o‘qituvchilarga 106 million so‘m maosh to‘lanmagani aniqlandi

Foto:«Xabar.uz»

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani qurilish kollejida  xodimlarining ish haqlari berilmagani aniqlangan. Bu haqda viloyat adliya boshqarmasi xabar bermoqda. 

Tahlillarga ko‘ra, o‘quv dargohi xodimlarining 32 nafariga yanvar-mart oylari uchun 106 mln.275 ming so‘mlik ish xaqi mablag‘lari to‘lab berilmagan.

Mehnat kodeksining 154-moddasida ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 161-moddasida ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lashi shartligi ko‘rsatilgan. Kodeksning 161-moddasida esa mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanishi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan.

O‘tkazilgan tahlil natijasi yuzasidan kiritilgan taqdimnomaga binoan, ishchi va xizmatchilarga 106 mlnyu 275 ming so‘m ish xaqi mablag‘lari to‘liq undirib berilib, ularning mehnat huquqlari amalda tiklanishi ta’minlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring