Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda qo‘ylar bo‘g‘izlab ketilayotgani bo‘yicha rasmiy xabar berildi

Navoiyda qo‘ylar bo‘g‘izlab ketilayotgani bo‘yicha rasmiy xabar berildi

Фото: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 30 boshdan ziyod qo‘yni noma’lum hayvon bo‘g‘izlab ketgani to‘g‘risida ma’lumot tarqaldi. Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabat berdi.

Qayd etilishicha, joriy yil 9 iyuldan 10 iyul kuniga o‘tar kechasi Xatirchi tumani «Yangirabod» MFYda istiqomat qiluvchi  fuqarolarga tegishli bo‘lgan qo‘y-echkilarga chiyabo‘ri tomonidan hujum qilingan.

Mazkur hodisaning kelib chiqish sabablari tuman IIB, tuman veterinariya bo‘limi, tuman SEOM bo‘limi hamda tuman obodonlashtirish bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda.  

Bildirilishicha, ayni paytda tuman veterinariya bo‘limi xodimlari tomonidan 15 bosh qo‘y-echkilarga nisbatan davolash ishlari olib borilmoqda. 

Chiyabo‘rini tutish uchun barcha ta’sir choralari ko‘rilgan bo‘lib, mazkur holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring