Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Navoiyuran»ning ilk yevroobligatsiyalari London birjasida joylashtirildi

«Navoiyuran»ning ilk yevroobligatsiyalari London birjasida joylashtirildi

«Navoiyuran» davlat korxonasining 300 million AQSh dollariga teng birinchi yevroobligatsiyalari London fond birjasida joylashtirildi.

Ushbu loyiha O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi, «UzAssets» hamda «Navoiyuran» davlat korxonasi rahbariyatidan iborat delegatsiyaning Britaniyaga tashrifi doirasida amalga oshirildi.

Emissiyaga bo‘lgan qiziqish kutilgandan yuqori bo‘ldi va umumiy talab 1,3 milliarddan ortiqni tashkil etdi. Natijada mablag‘lar pastroq foiz stavkalarda jalb etilib, qimmatli qog‘ozlar 5 yil muddatga 6,7 foiz daromad bilan chiqarildi.

Ta’kidlash joizki, «Navoiyuran» obligatsiyalari London fond birjasida mamlakatimiz korxona va tashkilotlari orasida eng past kupon stavkasi bilan joylashtirilgan birinchi yevrobond bo‘ldi.

Mazkur jarayonda bank-anderrayter etib «CITI», «ADCB» va «Natixis» investitsiya banklari, moliyaviy maslahatchi etib «Finasia Capitals», huquqiy maslahatchi etib «Dentons» yuridik kompaniyasi, tashqi auditor sifatida esa «Deloitte» tashkiloti tanlab olindi.

Yevrobondni joylashtirishdan tushgan mablag‘lar korxonada ishlab chiqarish quvvatini oshirish, transport va texnologiya parkini kengaytirish, uran zaxirasini ko‘paytirish hamda xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma loyihalar amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Manba: dunyo.info

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring