Nazarboyevning qizi Dariga Nazarboyeva Qozog‘iston prezidentligiga da’vo qilmaydi

Qozog‘iston senati spikeri Dariga Nazarboyeva mamlakat prezidentligi uchun saylovga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi emas. Bu haqida uning yordamchisi Saula Mustafoyeva ma’lum qilib o‘tgan.
Dariga Nazarboyeva — Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning katta qizi. U 2016 yildan buyon senat deputati bo‘lib kelayotgan edi. 20 martda spiker lavozimiga o‘tgan.
Nursultovn Nazarboyev Qozog‘istonni salkam 30 yil boshqardi va 20 mart sanasida iste’foga chiqdi. Uning o‘rnini Qosim-Jo‘mart Tokayev egallagan, senat spikerligi esa Dariga Nazarboyevaga topshirilgandi.
Qozog‘istonda muddatidan avval prezidentlik saylovi 9 iyunda bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter