Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nazorat inspeksiyasi aholini uch mahsulotdan ogohlantirdi

Nazorat inspeksiyasi aholini uch mahsulotdan ogohlantirdi

Foto: Nazorat inspeksiyasi.

Xitoyda ishlab chiqarilgan uch mahsulotning O‘zbekistonga importiga taqiq qo‘yildi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Nazorat inspeksiyasi xabar berdi

Toshkent shahridagi O‘rikzor bozorida sotilayotgan, Xitoyda ishlab chiqarilgan Mozere brendi ostidagi soch quritish moslamasi (fen) mahsulotiga nisbatan nazorat xaridi o‘tkazildi. Laboratoriya tekshiruvlari natijasida mahsulotning belgilangan standart talablariga mos kelmasligi aniqlandi. 

  Salbiy oqibatlari: 

* tok qarshiligini oshiradi; 

* tok o‘tkazgichdan oqim o‘tganda sezilarli darajada qizib ketadi; 

 * izolyatsiya haddan tashqari qizib ketadi; 

 * yonish va yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin; 

 * uskunaning xizmat muddati qisqaradi. 

Shuningdek, Marg‘ilon shahridagi bozorda sotilayotgan, Xitoyda ishlab chiqarilgan FABOLAI brendi ostidagi 800 ml hajmdagi “Gel dlya dushi” mahsuloti bo‘yicha ham nazorat xaridi o‘tkazildi. Mahsulotdan olingan namuna laboratoriyada tekshirilib, uning standart talablariga mos kelmasligi aniqlangan. 

Salbiy oqibatlari: 

* terining qichishi, qizarishi yoki allergik reaksiyalar; 

* teri to‘qimalarining yallig‘lanishi; 

* nafas yo‘llariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi; 

* terining tabiiy muvozanatini buzishi, bu esa bakterial yoki zamburug‘li kasalliklarga olib kelishi mumkin. 

Navoiy shahrida Story savdo do‘konida sotilayotga Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan “Soldering Iron” va “Epica Star” rusumli elektr lehimli dazmol masulotlariga ham nazorat xaridi o‘tqazildi. 

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, mahsulot standart talabiga mos emasligi ishlatilishi jarayonida iste’molchilar hayotiga xavf tug‘dirishi mumkinligini ko‘rsatdi. 

Nazorat inspeksiyasi mutaxassislari iste’molchilarga bunday mahsulotlarni sotib olayotganda ularning sertifikatlari va xavfsizlik belgilariga e’tibor qaratishni, shuningdek, sifati shubhali asbob-uskunalardan foydalanmaslikni tavsiya etmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring