Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afrinda nazorat to‘liq turklar qo‘liga o‘tdi

Afrinda nazorat to‘liq turklar qo‘liga o‘tdi

Foto: «Drju.tk»

«Turkiya qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Afrin mintaqasida olib borilayotgan «Zaytun novdasi» operatsiyasi natijasida hudud ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilgan. Bu haqda 24-mart kuni Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi ma’lum qildi», — deya yozmoqda «TASS» agentligi «Hurriyet» gazetasi xabariga asoslanib.

«Afrindagi barcha qishloqlar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilgan», — deya yozadi gazeta bosh shtab xabaridan iqtibos keltirib.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 20-yanvar kuni Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi asosan kurdlar istiqomat qiladigan Suriyaning Afrin mintaqasida faoliyat olib boruvchi bir qator kurd tashkilotlariga qarshi «Zaytun novdasi» deb nomlangan harbiy amaliyotlarni boshlagan edi. Rasmiy Anqara bu yerdagi kurd bo‘linmalarini Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador deb biladi. Shu yilning 18-mart kuni Bosh shtab Afrin shahri ustidan nazorat o‘rnatilgani haqida ma’lum qilgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring