Toshkentning «Lokomotiv» klubi ish tashlash e’lon qildi
«Lokomotiv» jamoasi futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining navbatdagi tur o‘yiniga bormadi.
7-iyun kuni «Lokomotiv» klubi «Paxtakor» bilan uchrashishi lozim edi, ammo futbolchilar maydonga chiqishdan bosh tortgan. Bunga moliyaviy muammolar sabab bo‘lgan, deya yozmoqda «Nuz.uz» nashri.
Chempionat reglamentiga ko‘ra, «temiryo‘lchilar»ga texnik mag‘lubiyat yozilgan va «Paxtakor»ga uch ochko berilgan. Ammo oradan bir kun o‘tib, uchrashuv baribir o‘tkazilgan va unda «Paxtakor» 6:0 hisobida g‘alaba qozongan.
Ushbu masala bo‘yicha O‘FA hozircha biror bir izoh keltirganicha yo‘q.
Bir necha kun avval O‘FA futzal, ayollar va yoshlar jamoasiga e’tibor qaratmagan futbol klublari superligani tark etishi haqida ogohlantirgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter